Fraud (firibgarlik) monitoring
Pandemiyadan keyingi dunyoda elektron tijorat bozorlari, shuningdek, to‘lov xizmatlari bozori o‘sishda davom etmoqda va ular bilan birga, afsuski, firibgarlik tranzaksiyalari foizi ham o‘sib bormoqda.
Har doim bir qadam oldinda bo‘lish uchun Bank va uning mijozlari firibgarlikka qarshi tizimini doimiy ravishda takomillashtirib borishlari, bilim to‘plashlari va xodimlarini o‘qitishlari kerak.
Biz firibgarlikni tezda aniqlash va blokirovka qilish imkonini beruvchi barcha turdagi tranzaktsiyalar va onlayn operatsiyalar uchun himoyani o‘z ichiga olgan firibgarlikning oldini olish bo‘yicha kompleks yechim taklif etamiz.
Barcha BPC Processing yechimlari xalqaro xavfsizlik protokollariga mos keladi
Firibgarlik monitoringi quyidagilarni ta’minlaydi:
- 100% tranzaksiya monitoringi;
- Sozlamalarning moslashuvchanligi;
- Hisobotlar generatsiyasi;
- SMS va elektron pochta orqali notifikatsiya;
- Mijoz mablaglarining va obro‘ xavfsizligi;
- PA DSS muvofiqligi.
3-D Secure
Raqamli tijorat va umumiy tranzaktsiyalar hajmi o'sib bormoqda, ammo afsuski, firibgarlik operatsiyalari soni ham ko‘paymoqda. Ushbu xavfni minimallashtirish uchun endi siz mijozlaringizga barcha toʻlov stsenariylari uchun 3D Secure xizmatini taklif qilishingiz mumkin. Siz mijozlaringizga eng xavfsiz va ishonchli raqamli toʻlov imkoniyatlarini taklif qilmoqchi bo‘lsangiz-da, ular mijozlarning optimal tajribasi uchun qulay to‘lov opsiyasiga ham muhtoj. 3D Secure bilan banklar va PSPlar eng yaxshi toʻlov xizmati va xavfsiz toʻlov tajribasini taklif qilishlari mumkin boʻladi. BPC Processing yangilangan 3-D Secure 2.2 protokoli bilan ishlaydi.